Badavlat kişiga aylanişning universal usuli mavjud emas. Muhimi – aniq va puxta öylangan rejaga ega böliş. Yuqori daromad haqidagi xom xayollar örniga quyidagi 15 ta qadamga hozir amal qiling. Ana öşanda ön yildan keyingi muvaffaqiyatli hayot uçun işonçli poydevor qurgan bölasiz.

1. Harakatlar rejasini tuzing
Byudjyet örnating va unga amal qiling. Mablağingizga mos ravişda yaşaşga va pulni aql bilan sarflaşga yordam beradigan reja tuzing. Ana öşanda qarzlarni öz vaqtida tölab, kutilmagan holatlar uçun pul jamğarişga muvaffaq bölasiz.
2. Köproq pul işlab topiş usullarini izlang
Agar badavlat kişiga aylanişni istasangiz, karerangizdagi köproq pul işlaş mumkin bölgan jihatlarga e'tibor bering. Balki maoşni oşiriş masalasini muhokama qiliş vaqti yetgandir? Yoki boşqa kompaniyada köproq haq tölanadigan iş joyi paydo bölgandir?
Maoşingizni oşiriş uçun bajarişingiz mumkin bölgan işlar haqida öylab köring. Qat'iylik bilan mehnat qiliş va öz vaqtingizni işga sarflaşni ham unutmang.
3. Daromadning bir neça manbalariga ega böling
Maoşning özi bilan boy odamga aylanib qolmaysiz. Bir neça daromad manbalariga ega böling – qöşimça iş, masalan, frilans bilan şuğullaning. Odamlarga öz mahsulotingiz yoki xizmat turini sota olasizmi? Balki biznesga asos soliş kerakdir? Sizda qiziq biznes ğoyalar bormi? Ijodiy fikrlang.
4. Passiv daromad manbaiga ega böling
Passiv daromad – oyda bir marta kiçik hajmdagi bir martalik iş uçun olinadigan tölov. Bunday daromad – boylik kaliti. Misol tariqasida blog yoki saytda reklamani sotiş, elektron kitoblarga öxşagan raqamli mahsulot, onlayn-kurs, onlayn-seminar yoki video, xona ijarasi, internetda dökon oçiş yoki keşbek-servislarda röyxatdan ötişni keltiriş mumkin.
5. Yaşaş harajatlarini qisqartiring
Badavlat böliş uçun tejamkorlik bilan hayot keçiriş lozim. Öziga töq kişilarning köpçiligi qimmatbaho avtomobillar haydaşmaydi va haşamatli uylarda kun keçirmaydilar. Bu kişilar yanada köproq daromad köriş va yangi loyihalarga sarmoya kiritiş uçun xarajatlarini kamaytiradilar.












