Mogilyovning «Mogoteks» OAJ Özbekiston kuç tuzilmalari uçun innovatsion matolarni yetkazib beriş maqsadida 300 ming AQŞ dollariga teng şartnoma imzoladi.

Kelişuvga sentabr oyida Toşkentda ötkazilgan Made in Belarus körgazmasi doirasida erişildi.

Korxona öz mahsulotlarini Belarus yengil sanoat korxonalari jamoaviy stendida namoyiş etdi. Ular forma va maxsus kiyim uçun innovatsion matolar edi.

Aramid tolali va antistatik ipdan tikilgan erkaklar kostyumi katta qiziqiş uyğotdi - bu maxsus kiyim yonmaydi va elektr ta'siridan himoya qiladi.

«Körgazmada «Öztöqimaçiliksanoat» uyuşmasi bilan qöşma uçraşuv bölib ötdi, unda töqimaçilik sanoatining 20ga yaqin kompaniyasi iştirok etdi. Ularning barçasi, şu jumladan, «Mogoteks» özaro manfaatli iqtisodiy hamkorlikka qiziqmoqda. Biz samarali muzokaralar olib bordik», - dedi korxona boş direktori Viktor Matiyeviç.