Dunyo davlatlari global isiş tufayli falokatlarga yöl qöymaslik uçun “jamiyatning barça jabhalarida tezkor, uzoqni közlovçi va misli körilmagan özgarişlarni” amalga oşirişlari lozim. Bunday fikr BMTning iqlim özgarişi böyiça hukumatlararo mutaxassislari guruhi dokladida bildirilgan.
Dokladda ta'kidlanişiça, 2030 yilga kelib sayyoramizdagi harorat sanoat davrigaça bölgan darajadan 1,5 daraja oşadi, bu esa global qurğoqçilik, yonğinlar va oziq-ovqat yetişmasligi yuzaga kelişi xavfini oşiradi. Şuningdek, global isiş oqibatida dengiz muzliklari erib, dengiz sathi kötarilişi, bu esa toşqinlarga olib kelişi mumkin.
Harorat oşişiga yöl qöymaslik uçun 2030 yilgaça is gazining atrof-muhitga çiqişi 45 foizga kamayib, 2050 yilgaça 0 foizga yetişi kerak.
BMT boş kotibi Antoniu Guterriş 2017 yilda davlatlar tabiiy ofatlar oqibatida umumiy hisobda 320 mlrd dollar ziyon körganini ma'lum qilgan. U jahon hamjamiyati yuz berayotgan iqlim özgarişlariga munosabat bildirişga ulgura olmayotganini ta'kidlab ötgan.
2015 yilda 197 ta davlat Iqlim böyiça Parij kelişuvini imzolagan. Unga köra, davlatlar 2100 yilgaça örtaça haroratning sanoat davrigaça bölgan darajadan 2 daraja köproqqa kötarilişiga yöl qöymaslikka kelişib olişgan.












