3.10.2018 yildagi ÖRQ–494-son Qonun bilan Bojxona kodeksiga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.
 
Bojxona brokeri fuqarolik javobgarligini suğurtalaş – majburiy
 
Norma’ning yozişiça, bojxona brokeri – bojxona rasmiylaştiruvi böyiça operatsiyalarni deklarantning yoki vakolatli şaxsning topşiriğiga binoan va uning nomidan şartnoma asosida amalga oşiradigan Özbekiston Respublikasi yuridik şaxsi. Ilgari bunga maxsus ruxsatnoma talab etilar edi, biroq u 1 iyundan bekor qilindi. Şu munosabat bilan Bojxona kodeksiga tegişli tuzatişlar kiritildi (ruxsatnoma haqida heç narsa deyilmagan).
 
Biroq endi bojxona brokeri deklarant yoki vakolatli şaxs oldidagi öz fuqarolik javobgarligini EKIHning 1 000 baravari miqdorida suğurtalaşi şart (184 mln 300 ming söm). Summa tasodifan belgilanmagan, u ilgari ruxsatnoma oliş uçun talab qilinadigan bojxona tölovlari tölanişini ta'minlaş miqdori bilan bir xil.  
 
Ma'lumot uçun: deklarant – tovarlarni va (yoki) transport vositalarini öz nomidan deklaratsiyalovçi şaxs yoxud uning nomidan tovarlar va (yoki) transport vositalari deklaratsiyalanayotgan şaxs.
 
Vakolatli şaxs – tovarning va (yoki) transport vositasining egasi yoki tovarga va (yoki) transport vositasiga nisbatan bojxona töğrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq vakolatlarga ega bölgan yoxud tovarning va (yoki) transport vositasining egasi nomidan tegişli şartnoma yoki işonçnoma asosida iş köruvçi şaxs.
 
Ilgari bojxona brokerlari suğurtalaşni bojxona tölovlari tölanişini ta'minlaş mumkin bölgan usullardan biri sifatida ixtiyoriy ravişda tanlaşi mumkin bölgan  (Bojxona kodeksining 339-moddasi). Bunda alohida bayon etilgan suğurtalaş tartibi bölmagan. Suğurtalaşga majburiy maqom berilişi bilan bunday hujjat qabul qilinişi kutilmoqda.
 
Deklarant vakolatlari kengaytirildi, bojxona rasmiylaştiruvi böyiça mutaxassislar malaka sertifikati bekor qilindi
 
Eslatib ötamiz, 1 iyuldan bojxona brokerlariga murojaat qilmasdan, BYuDni töldiriş va ularni bojxona organlariga topşiriş mumkin böldi. Barçasi Internet orqali real vaqt rejimida amalga oşiriladi. Buning uçun YaIDXPda «Deklaratsiyalovçi şaxslar röyxati» maxsus interaktiv xizmati joriy qilindi.