Viktor Yuşçenko Donbassdagi mojaroni hal etiş böyiça uç tomonlama aloqa guruhida Kiyevning vakili böliş uçun kuraşda yetakçi, deb hisoblanmoqda. Bu haqda «Kommersant'» muzokaralar jarayoniga yaqin manbalarga tayanib xabar tarqatdi.
Gazetaning suhbatdoşlaridan birining sözlariga köra, «Ukrainaning Rossiyaga eng qarşi bölgan prezidenti Minskda Ukraina delegatsiyasiga rahbarlik qilişi mumkin va bu Rossiya uçun muammo böladi. Masalan, u rus tilida tarjimonsiz gaplaşmaydi».
8 oktabr kuni Yuşçenko Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko bilan uçraşdi. Naşrning ta'kidlaşiça, bu «tanişuv» bölgan, undan keyin Minsk uning tayinlovi bilan norasmiy ravişda rozi bölişi kerak.
Minskda Ukraina vakili bölgan Leonid Kuçma öz vakolatlarini topşirdi. U Minsk kelişuvlariga imzo qöygan va muzokara jarayonida iştirok etgan oxirgi şaxs edi. Hujjatni YeXHTning Ukrainadagi elçisi Xaydi Talyavini (2015 yil iyun oyida iste'foga çiqdi), Rossiyaning Ukrainadagi elçisi Mixail Zurabov (2016 yilning iyulida lavozimidan böşatildi), şuningdek, özini mustaqil deb e'lon qilgan «Lugansk xalq respublikasi» va «Donetsk xalq respublikasi» rahbarlari Igor Plotnitskiy (2017 yilning noyabrida iste'foga çiqdi) hamda Aleksandr Zaxarçenko (2018 yil avgustida halok böldi) ham imzoladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ukrainada «Moskvaga yetib boradigan» raketalar haqida ma'lum qilişgandi.












