Intel kompaniyasi 9-avloddagi Core protsessorlarini taqdim qildi.

Yangi qatorning flagmani Intel Core i9-9900K hisoblanib, kompaniya uni eng yaxşi “öyin protsessori” deb atagan. Uşbu protsessor 8 ta yadro va bazaviy çastotasi 3,6 GGts bölgan 16 ta oqimdan iborat.
Şuningdek, Core i7 va Core i5 protsessorlarining 9-avlodi taqdim qilingan. Yangi i7-9700K 8 ta yadro va bazaviy çastotasi 3,6 GGtsli 8 oqimdan, yangi i5-9600K 6 ta yadro va 3,7 GGtsli 6 ta oqimdan iborat.

Kompaniyada ta'kidlanişiça, yangi protsessorlarda işlovçi tizimlar öyinlarda kadrlar çastotasi körsatkiçining 35-45 foiz köproq bölişini ta'minlaydi.
Protsessorlarni buyurtmalar böyiça yetkazib beriş va savdosi 19 oktabrdan boşlanadi. Core i5-9600K narxi 262 dollar, Core i7-9700K’niki 374 dollar, Core i9-9900K’niki esa 488 dollarni taşkil qiladi.

















