France Football jurnali «Oltin töp»ga nomzod bölgan 30 nafar futbolçi nomini e'lon qildi.

Birinçi beşlik: Serxio Aguero («Mançester Siti», Argentina), Alisson («Liverpul», Braziliya), Garet Beyl («Real», Uels), Karim Benzema («Real», Fransiya), Edinson Kavani («PSJ», Urugvay).

Ikkinçi beşlik: Tibo Kurtua («Real», Belgiya), Kriştianu Ronaldu («Yuventus», Portugaliya), Kevin de Bryuyne («Mançester Siti», Belgiya), Roberto Firmino («Liverpul», Braziliya), Diyego Godin («Atletiko», Urugvay).

Uçinçi beşlik: Antuan Grizmann («Atletiko», Fransiya), Eden Azar («Çelsi», Belgiya), Isko («Real», Ispaniya), Harri Keyn («Tottenhem», Angliya), Ngolo Kante («Çelsi», Fransiya).

Törtinçi beşlik: Ugo Loris («Tottenhem», Fransiya), Mario Manjukiç («Yuventus», Xorvatiya), Sado Mane («Liverpul», Senegal), Marselo («Real», Braziliya), Kilian Mbappe («PSJ», Fransiya).

Beşinçi beşlik: Lionel Messi («Barselona», Argentina), Luka Modriç («Real», Xorvatiya), Neymar («PSJ», Braziliya), Yan Oblak («Atletiko», Sloveniya), Pol Pogba («Mançester Yunayted», Fransiya).

Oltinçi beşlik: Ivan Rakitiç («Barselona», Xorvatiya), Serxio Ramos («Real», Ispaniya), Muhammad Saloh («Liverpul», Misr), Luis Suares («Barselona», Urugvay), Rafael Varan («Real», Fransiya).

«Oltin töp» sohibi nomi 3 dekabr kuni e'lon qilinadi.

Ma'lumot örnida, fransuz tilidan tarjima qilganda «Oltin töp» ma'nosini anglatuvçi «Ballon d'Or» sovrini 1956 yilda ta'sis etilgan bölib, 1995 yilgaça faqat yevropalik futbolçilarga topşirilgan. Öşa yildan boşlab France Football uni qaysi mamlakatdan ekanligidan qat'i nazar, Yevropa klublarida töp surgan futbolçilarga topşirişni yölga qöygan. 2007 yildan boşlab esa uşbu sovringa butun dunyodan professional futbolçilar da'vogarlik qilişi mumkin böldi.

2016 yilda France Football nufuzli mukofot ta'sis etilganining 60 yilligi munosabati bilan 1958-1994 yillar uçun berilgan «Oltin töp»larning butun jahon futboli uçun muqobil sohiblarini e'lon qildi.