«Real» klubi navbatdagi ikki transfer oynasi vaqtida yirik xaridlarga qöl urişni rejalaştirmoqda.
Yevropa matbuotida tarqalayotgan xabarlarga köra, madridliklar qişda «Çelsi» yarimhimoyaçisi Eden Azar transferini hal qilib, yozda «PSJ»dan hujumçi Neymarni sotib olişni möljallamoqda.
«Real» belgiyalik xavbekni şu yil yozda ham sotib olmoqçi bölgan, ammo London klubi 200 million yevro atrofida narx söragani bois bu amalga oşmay qolgandi. Azar bilan şartnoma 2020 yil yozida nihoyasiga yetadi.
Neymarga kelsak, u «PSJ»ga kelganidan buyon 41 öyinda maydonga tuşib, 39 ta gol muallifi böldi – bunday mahsuldorlik sönggi vaqtlarda gollar taqçilligiga duç kelayotgan «qirollik klubi»ning e'tiborini tortmay qolmayapti.












