«Pari Sen-Jyermen» darvozaboni Janluiji Buffon faoliyatidagi eng esda qolarli öyinlari haqida ma'lumot berdi.
«Bunday öyinlar köp bölgan. Ayniqsa, «Liverpul»ga qarşi Enfildda yoki «Reyndjers»ga qarşi Glazgoda yoki «Fenerbaxçe»ga qarşi Istanbulda ötgan bahslardagi hayajon tufayli ba'zi muamolarga duç kelganman.
«Parma» tarkibida «Milan»ga qarşi debyut öyinimni heç qaçon unutmayman. Bundan taşqari, UYeFA Kubogi, Italiya Kubogi va mamlakat Superkubogidagi ğalabalarni esdan çiqarmayman.
«Yuventus» tarkibidagi «Real»ga qarşi Çempionlar Ligasi çorakfinalida yutqazganimizga qaramay, bu öyin men uçun haqiqiy orzu bölgan, hissiyotlarga juda boy ötgan.
Eng yaxşi öyin? Agar faqat bittasini tanlaydigan bölsam, jahon çempionati finalini aytgan bölardim», — deb Buffon sözlarini keltirmoqda Football Italia.












