Jinoyat işlari böyiça Farğona viloyati sudi tomonidan sudya R.Arapov raisligida Farğona şahridagi 6-umumta'lim maktabi 9-sinf öquvçisi Jahongir Töraqulovning jinoyat işi körib çiqildi va unga nisbatan hukm öqildi, deb xabar beradi ÖzA.
Jahongir Töraqulov 2018 yil 5 aprel kuni Farğona şahar Sayilgoh köçasida joylaşgan kompyuter öyinlari klubiga kirib, özini göyo kompyuter öynayotgandek tutib, atrofni zimdan kuzatadi. U qarovsiz qoldirilgan jabrlanuvçi A.Muhammadjonovga tegişli, narxi 500 ming sömlik “Samsung Galaxy S6” rusumli uyali aloqa telefon apparati va ğilofidagi 50 AQŞ dollarini yaşirin ravişda öğirlab, voqea joyidan yaşirinadi.
Bundan taşqari, voyaga yetmagan J.Töraqulov 2018 yil 28 may kuni tungi soat 02:00larda Farğona şahar Dehqonlar köçasida aholiga transport xizmati körsatib turgan jabrlanuvçi I.Abdullayevni qasddan, ta'magirlik niyatida öldirib, unga tegişli oq rangli, “Spark” rusumli, 40 O 818 OA davlat raqamli avtomaşinani qölga kiritişni maqsad qiladi. I.Abdullayevning yoniga kelib, undan “Kapitalbank” oldiga olib borib qöyişni söraydi va avtomaşinaga göyo yölovçi sifatida ötiradi. Farğona şahar Farovonlik köçasi 48-uy yaqinidagi xilvat joyga yetib kelganida avtomaşinani töxtatişni sörab, tevarak-atrofni kuzatadi. Jinoiy niyatini amalga oşiriş uçun qulay vaziyat ekanini bilib, avtomaşinaning orqa örindiğiga ötirib, sumkasidagi sariq rangli, yoğoç dastali oşxona piçoğini qöliga oladi va I.Abdullayevning böyin, çap ömrov va boşqa qismlariga ön bir marta sançadi. Tabiiyki, I.Abdullayev hayotini saqlab qoliş uçun avtomaşinadan tuşib qoçib ketadi. J.Töraqulov qasddan odam öldirişga qaratilgan jinoiy harakatini öziga boğliq bölmagan holatlarga köra oxiriga yetkaza olmagan bölsa-da, jabrlanuvçiga tegişli avtomaşinani olib qoçadi.
Şu vaqt xizmat burçini bajarib turgan harbiy xizmatçi A.Rasulov I.Abdullayevning yordam söragan ovozini eşitib, voqea joyiga yetib keladi va unga vaqtida yordam körsatadi. Şu tufayligina uning hayoti saqlab qolingan va Farğona şahar IIB tomonidan ötkazilgan “Tutib oliş” tezkor tadbiri natijasida J.Töraqulov avtomaşinani Farğona şahar Aeroport köçasida boşqarib ketayotganida töxtatilib, qölga olingan.
Sud tomonidan mazkur jinoyat işi qonuniy asosda körib çiqilib, J.Töraqulovga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegişli moddalariga asosan uzil-kesil 10 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.












