Armanistonlik aktyor, qiziqçi va şoumen Ayk Marutyan Yerevan şahri hokimi lavozimini egalladi. Bu haqda «Sputnik Armaniston» xabar bermoqda.
10 oktabr kuni ertalab Armaniston poytaxtining yangi saylangan Oqsoqollar kengaşining birinçi yiğilişi bölib ötdi. Unda özining birinçi iş kunida şahar yangi hokimi ham qatnaşdi.
«Biz barça yerevanliklar orzularini röyobga çiqariş uçun tarixiy imkoniyatga egamiz. Biz fuqarolarimiz har daqiqa, har soniya, har kuni tabassum qilişi uçun qölimizdan kelgan barçasini qilamiz», - deya va'da berdi Marutyan.
U kengaşning barça a'zolarini, qaysi partiyaga aloqador ekanligidan qat'i nazar, birga işlaşga çaqirdi.
Marutyanning inauguratsiya marosimi 13 oktabr kuni bölib ötadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Armaniston deputatlari navbatdan taşqari parlament saylovlarini qöllab-quvvatlaşgani xabar berilgandi.












