Indoneziyada III Paraosiyo o‘yinlarining 3-kuni yakuniga yetdi. 9 oktabrda O‘zbekiston vakillari sportning yengil atletika, suzish va dzyudo kabi turlarida 5 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza - jami 10 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Bugungi musobaqalarda quyidagi o‘zbekistonlik sportchilar shohsupaga ko‘tarilishdi.
Yengil atletika:
Elbek Sultonov – oltin
Doniyor Ahmedov – oltin


Suzish:
Dmitriy Xorlin – oltin
Fotima Omilova – oltin
Shohsanam Toshpo‘latova – kumush
Firdavsbek Musabekov – kumush
Dzyudo:
Nurbek Mirzayev – oltin
Feruz Saidov – kumush
Nafisa Sheripbayeva – kumush
Parvina Samandarova – bronza

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

Foto: Paraosiyo o‘yinlari rasmiy sayti
Yengil atletikada chempion bo‘lgan har ikkala o‘zbekistonlik atlet ham o‘z yo‘nalishida Paraosiyo o‘yinlari rekordini yangiladi.

















