AQŞga qaraşli, beşinçi avloddagi F-35B Lightning II tez parvoz qiliş va vertikal qöniş xususiyatiga ega ikkita qiruvçiga parvoz paytida yoqilği quyiş jarayoni videosi paydo böldi. Ular raqib pozitsiyalariga aviazarbalar berişda ilk bor iştirok etgan. Qöşma Ştatlar harbiy-havo kuçlari tomonidan taqdim etilgan, yuqori aniqlikdagi videorolik YouTube’da joylaştirildi.

Kadrlardan köriş mumkinki, qiruvçilarga yoqilği quyiş harbiy-havo kuçlarining KC-135 Stratotanker zapravkaçi samolyoti yordamida amalga oşirilgan.

Oktyabr oyida The Drive muallifi Jozef Trevitik F-35B Lightning II birinçi jangovar missiyasi davomida havoda yoqilği quyiş jarayonidan foydalangani haqida taxmin bildirgandi.

Sentyabr oyida harbiy-dengiz kuçlari 27 sentabr kuni Afğoniston uzra haqiqiy raqibning pozitsiyalariga bunday samolyotlar uçun birinçi marta aviazarbalar berişda iştirok etgan, USS Essex desant hujumkor kemasining palubasidan parvoz qilgan F-35B Lightning II qiruvçisi tasvirlangan videoni e'lon qilgandi.