iPhone himoyalanganlik jihatidan eng işonçli smartfon hisoblanadi, deya xabar beradi Market Watch sayti. Apple mahsuloti ma'lumotlar saqlaş uçun Android’dan köra işonçli ekani ma'lum böldi.
Jurnalistlarning bildirişiça, iOS platformasi ma'lumotlarning aksariyat qismini qurilmaning özida saqlaş imkoniyatini beradi. Şu bilan birga, Google operatsion tizimi ma'lumotni kompaniya serveriga yuboradi. Keyinçalik, foydalanuvçilarning şaxsiy ma'lumotlari ularning «raqamli portreti» va maqsadli reklama yaratiş uçun işlatiladi. Bundan taşqari, iPhone’ni rasmiy dökondan yuklab olinadigan ilovalar orqali buzib kiriş muşkul.
Google platformasi mobil ilovani işlab çiquvçilar uçun oçiq, deya ta'kidlaydi maqola muallifi. Bu foydalanuvçilarga özining smartfonini tahlil qilişga, xakerlarga esa xavfsizlikning juda ham jiddiy bölmagan talablarini çetlab ötişga imkon beradi.
Google'ning boşqa bir kamçiligi - softning unçalik köp yangilanmasligi. Xususan, uç yil oldin Android qurilmasi kodida 950 milliondan ortiq devayslar xavfsizligiga tahdid solgan kamçilik aniqlandi. Vaqti-vaqti bilan yangilanayotgan holatlarda bu kamçilikning oldini oliş mumkin edi.

















