Amerika-Isroil delegatsiyasi Ukrainaga maxfiy taşrif buyurib, uşbu mamlakatda bölgan S-300 zenit raketa komplekslarining xususiyatlarini örgangan. Bu haqda Vetnamning Soha News axborot portali xabar bermoqda.
Portal ma'lumotlariga köra, Ukraina tomoni özining ğarbdagi şeriklariga S-300 zenit raketa komplekslari jangovar imkoniyatlarini ta'riflab berdi, şuningdek, ularni dala maydonida sinaş uçun taqdim etdi. Soha News’dan eslatişlariça, muqaddam F-15C Eagle qiruvçilari rossiyalik harbiylar Suriya armiyasiga S-300 komplekslarini yetkazib berayotgani haqidagi xabarlar fonida Ukraina hududiga kelgan. Öşanda samolyotlar «Toza havo-2018» maşqlarida iştirok etişi xabar berilgandi.
Portal mualliflarining ta'kidlaşiça, Ukrainaga törtinçi avloddagi F-15C Eagle 18ta qiruvçisi, şuningdek, S-300’ni Amerika samolyotlar yordamida sinovdan ötkazgan isroillik uçuvçilar kelgan. Portalda ta'kidlanişiça, ukrainalik harbiylar AQŞ va Isroil ekspertlarini mahalliy S-300 Rossiya Damaşqqa yetkazib berayotgan komplekslardan heç qanday farq qilmasligini bildirişgan.
Sinovlar natijalariga köra, isroillik harbiylar beşinçi avloddagi F-35 Lightning II qiruvçilari Rossiyaning S-300’ga bemalol qarşi turişi mumkin, degan xulosaga kelişgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq The Independent gazetasi Suriyaning S-300 bilan mustahkamlanişi Yaqin Şarqdagi harbiy öyinni özgartirişi haqida yozgandi.

















