Znak.com tahririyatiga ikkita videorolik yuborildi, ularda 3 oktabr kuni Moskvadagi Vasilevsk tepaligida yuz bergan hodisaning ba'zi tafsilotlari tasvirlangan.
Videoda «Gelendvagen» haydovçisi - Primoryada yaşovçi 41 yoşli fuqaro Dmitriy Şalay Rosgvardiya qömondoni Viktor Zolotov bilan uçraşuv taşkillaştirilmasa portlaş sodir etiş haqida tahdid qilgan.
Videodan köriş mumkinki, suhbat yuz bergan, şundan söng general Şalayga qöl uzatgan va u heç qanday qarşilik körsatmay özini huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlari qöliga topşirgan.
Öz navbatida, uşbu hodisa haqida xabar bergan köplab OAV Kreml devorlari yonida «terrorçi» öz maşinasida turib olib, Zolotov bilan uçraşuvni talab qilayotganini yozgandi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya Milliy gvardiyasi rahbari Viktor Zolotov Korrupsiyaga qarşi kuraşiş fondining muassasa böyiça ma'lumotlariga javoban çiqiş qilib, fond rahbari Aleksey Navalniyni duelga çaqirdi va undan «sersuv kotlet» tayyorlaşga va'da bergandi.













