Toshkent shahar hokimligida “Xavfsiz shahar” loyihasi samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda hokimlik matbuot xizmati.

Unda poytaxtning ijtimoiy-iqtisodiy soha obektlari, madaniyat va istirohat bog‘lari, dehqon bozorlari hamda savdo majmualarining kirish-chiqish joylariga intellektual videokuzatuv tizimini joriy qilish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, bu borada xorij tajribasidan samarali foydalanish va istiqbolli loyihalarni amaliyotga keng joriy etish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, yig‘ilishda mutasaddilar bu boradagi kamchiliklar haqida to‘xtalib, o‘zlarining takliflarini bildirib o‘tishdi.















