Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi Erkinjon Turdimov «Dinamo» professional futbol klubi rahbariyati va futbolçilari bilan uçraşdi.

Uçraşuvda «Dinamo» klubining bugungi natijalari tahlil qilindi. Jumladan, klubni moliyalaştiriş manbalari, futbolçilarga tölanayotgan maoşlar va mukofot pullarining öz vaqtida tölanişini nazorat qiliş, klub boşqaruvini samarali taşkil etiş kabi masalalar muhokama qilindi.

«Raqobatbardoş futbol jamoasi barpo etiş uçun katta pul kerak böladi. Ammo biz mahalliy iste'dodlardan iborat jamoani tuza olsak, pul ham iqtisod böladi, jamoa ham çiroyli öyin körsatadi. Lekin viloyat hokimi va viloyat futbol federatsiyasining rahbari sifatida ta'kidlaşim kerakki, bugungi jamoa milliardlab pulni sarflab, 9ta jamoa içida 5-örinda borayotgani, yana 300-400 millionlab qarzi bölişi biz samarqandliklarni qanoatlantirmaydi», — deya Erkinjon Turdimovning sözlarini keltirmoqda «Kun.uz» muxbiri.

«Namuna sifatida viloyatning ikkinçi jamoasi — «Şerdor» futbol klubini körsatişim mumkin. Biz bu futbol klubiga mukofot sifatida 500 million söm beramiz. Çunki bu jamoada maoş olmasdan mahalliy futbolçilar şijoat bilan futbol öynaşmoqda, kuraşmoqda. Bu jamoada fidoiylik ufurib turibdi», — dedi viloyat hokimi.

«Dinamo» klubining taşkiliy tuzilmasini qayta körib çiqişimiz kerak. Birinçidan, şunday jamoa boşliği bizga kerakmi, futbolni qöllab-quvvatlaş jamoatçilik fondining şunday rahbari kerakmi, bizga viloyat futbol federatsiyasining şunday vitse-prezidenti kerakmi? Şuning uçun bularning barçasini örganib, xulosasini beruvçi maxsus komissiya tuziladi», degan Turdimov.

«Dinamo» jamoasining kelgusi yil Superligaga çiqariş uçun qanday yönalişda iş olib borişimiz kerak? Tuziladigan işçi guruhga fan-klubdan ham a'zo oliş kerak, bunday işçi guruh futbolni tuşunadigan odamlardan iborat bölişi kerak. Klubning aniq smetasi işlab çiqilişi lozim.

Futbol klubi jamoa boşliği Ilhom Şaripov ham klub smetasining tuzilişi borasida öz fikrlarini bildirib ötgan.

«Dinamo» boş murabbiyi Davron Fayziyev sözga çiqib, jamoani şuğullantiriş uçun şaharda yetarli imkoniyatlar yöqligi, futbol öynaş va maşğulotlar olib boriş uçun faqat «Dinamo» stadionining çimi yaroqli ekani haqida gapirdi. Klubning safar öyinlariga borib kelişi uçun eskirgan avtobusdan foydalanilayotgani aytildi.