«Zenit» va «Krasnodar» futbolçilari Aleksandr Kokorin va Pavel Mamayev vaqtinça hibsga olinganidan söng, dastlabki intervyuni berişdi.
Futbolçilarni 10 oktabr kuni keçqurun politsiya mahkamasiga olib kelişgan edi. Şundan söng, söroq tungi soat 3-4largaça davom etgan.
Futbolçilar tunni avtozakda ötkazişgan. Ularni keçasi şahar aylanişga olib çiqib, tergov xonasiga faqat soat 9:45da qaytarişgan.

«Söroq tungi soat 3-4gaça davom etdi», — degan Mamayev va tergov harakatlarining tunda ötkazilişiga rozi bölganini tasdiqlagan.
«Bunga e'tirozim yöq. Söroq uzoq vaqt davom etdi. Heç narsani yaşirmadim. Axir biror narsani inkor qilib bölarmidi? Uçta holat böyiça söroq qilindim. Töğrisini aytsam, özimni juda axloqsiz tutgandim. Hammasiga özimiz aybdormiz. Söroqdan keyin qon tahlilini topşirdik. Giyohvandlik moddasini iste'mol qilmagandik», — dedi Mamayev.

Öz navbatida Kokorin tungi söroqqa rozilik bermagani, ammo bunga qarşi emasligini aytgan.
«Juda ham oşirib yuborişdi. Biz faqat pivo içgandik. Hammasi futbol öyinidan keyin, maşğulotlar va uyqusiz tundan söng yuz berdi... Poyezdda ham uxlamagandik. Negadir bizni tuni bilan avtozakda şahar böylab olib yurişdi. Juda ham afsusdaman. Sportni tark etmoqçi emasman, umid qilamanki, heç kim meni çetlaştirmaydi», - degan u.
Şuningdek, Kokorin Minpromtorg mulozimi Denis Pakni stul bilan urganiga izoh bergan.
«U odam meni haqorat qildi, aks holda özimni bunday tutmagan bölardim. Ammo videoda u bilan orani oçiq qilganimiz, oxirida qöl berib körişganimiz ham bor. Buni guvohlar ham tasdiqlaşadi» - degan Kokorin.

Hozirda Mamayev uç kişilik xonada saqlanmoqda. Uning qöşnilaridan biri aşaddiy retsidivist, ikkinçisi uzoq masofalarga qatnovçi yuk maşinasi haydovçisi. Ularga ham «Bezorilik» moddasi böyiça ayblov qöyilgan.












