Özbekiston Respublikasi prezidenti «Yuridik yordam va huquqiy xizmatlar körsatiş tizimi takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonunni imzoladi. 

Hujjat bilan Özbekiston Respublikasining 1996 yil 26 dekabrda qabul qilingan «Notariat töğrisida»gi 343–I-sonli Qonuni 18-moddasi quyidagi tahrirda bayon etildi:

«18-modda. Notariusning majburiyatlari

Notarius:

jismoniy va yuridik şaxslarga öz huquqlarini amalga oşirişda va qonuniy manfaatlarini himoya qilişda kömaklaşişi, ularning huquq va majburiyatlarini tuşuntirib berişi;

taraflar taqdim etgan bitimlar loyihalarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini tuşuntirişi hamda ularning mazmuni taraflarning asl maqsadiga mos keliş-kelmasligini va uşbu bitimlarning qonun talablariga zid keliş-kelmasligini tekşirişi;

yuridik jihatdan bexabarlikdan jismoniy va yuridik şaxslarning zarariga foydalanilmasligi uçun ularni amalga oşirilayotgan notarial harakatlarning oqibatlari haqida ogohlantirişi;

qonun hujjatlariga mos kelmaydigan notarial harakatni amalga oşirişni rad etişi;

notarial harakatlarni amalga oşiriş çoğida fuqarolar yoki mansabdor şaxslar tomonidan qonuniylik buzilganligini aniqlagan taqdirda, zarur çora-tadbirlar körilişi uçun tegişli korxonalar, muassasalar, taşkilotlarga yoki prokurorga bu haqda xabar qilişi;

uç yilda kamida bir marta öz kasbiy malakasini oşirişi;

sud, prokuratura, suriştiruv va tergov organlari yurituvida bölgan işlar bilan boğliq notarial harakatlarni amalga oşirganlik töğrisida ularning talabiga binoan ma'lumotnomalar (ma'lumotlar) berişi;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştirişga va terrorizmni moliyalaştirişga qarşi kuraşiş bilan boğliq bölgan amalga oşirilgan notarial harakatlar töğrisidagi ma'lumotnomalarni (ma'lumotlarni) maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etişi;

köçmas mulk oldi-sotdi şartnomalarini, mol-mulk ijarasi şartnomalarini tasdiqlaş va ijara haqining miqdori töğrisidagi, şuningdek meros yoki hadya tartibida fuqarolar mulkiga ötayotgan mol-mulkning qiymati haqidagi ma'lumotnomalarni davlat soliq xizmati organiga taqdim etişi;