Turkiyada 2016 yildagi davlat töntaruviga urinişga aloqdorlikda gumon qilinib hibsga olingan amerikalik pastor Endryu Branson Vaşington va Anqara örtasidagi maxfiy kelişuvga köra uning işi böyiça keyingi sud yiğilişidan keyin ozod etiladi. Bu haqda ikki yuqori lavozimli mansabdor şaxsga iqtibos keltirgan holda NBC telekanali ma'lum qildi.  

Telekanal ma'lumotlariga köra, AQŞ pastorning ozod etilişi evaziga Turkiyaga iqtisodiy bosimni zaiflaştiradi. Kelişuv tafsilotlari keltirilmagan. Bu orada Donald Tramp ma'muriyati uşbu kelişuvning bajarilişiga şubha bilan qaramoqda, çunki Turkiya pastorni bir neça oy oldin berişga rozi bölgan, biroq hamon buni amalga oşirmadi. 

Pastorning işi böyiça navbatdagi yiğiliş bugun, 12 oktabrga belgilangan. 

Branson Turkiyada 2016 yil oktabrdan beri hibsda uşlab turilibdi. Turkiya hukumatining aytişiça, u muxolifatçi Fathulla Gulen taşkiloti a'zosi hisoblanadi. Vaşington öz fuqarosi berilişiga urinib kelmoqda, Biroq Anqara bir neça bor rad javobini bergan. Bunga javoban AQŞ pastorning hibsga olinişiga aloqador turk amaldorlariga qarşi sanksiyalar joriy qilgan.