Özbekiston Respublikasi prezidenti «Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga odil sudlovni amalga oşiriş samaradorligini yanada kuçaytirişga qaratilgan özgartiş va qöşimçalar kiritiş, şuningdek «Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga şikoyat qiliş töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonunini öz kuçini yöqotgan deb topiş haqida»gi qonunni imzoladi. Bu haqda «Xalq sözi» xabar bermoqda.

Qonun Qonunçilik palatasi tomonidan 2018 yil 21 sentabrda qabul qilingan, Senat tomonidan 2018 yil 27 sentabrda ma'qullangan.

Hujjat bilan «Sudlar töğrisida»gi 924–XII-sonli qonunga quyidagi özgartişlar va qöşimça kiritildi:

1)  27-moddaning birinçi qismi quyidagi tahrirda bayon etildi:

«Özbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinçi örinbosari, rais örinbosarlari – sudlov hay'atlarining raislari:

Özbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatidan taşqari barça instansiya sudlarining hal qiluv qarorlari, hukmlari, ajrimlari va qarorlari ustidan protest kiritadi;

Özbekiston Respublikasi Oliy sudining tegişli sudlov hay'atlari işiga rahbarlikni amalga oşiradi;

Özbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumiga sudlov hay'atlarining faoliyati töğrisidagi ma'ruzalarni taqdim etadi;

Özbekiston Respublikasi Oliy sudining tegişli sudlov hay'atlari majlislarida raislik qiladi;

Özbekiston Respublikasi Oliy sudining tegişli sudlov hay'atlari majlislarida işlarni körib çiqiş uçun sudlov tarkiblarini şakllantiradi;

sud işlarini nazorat tartibida tekşiriş uçun talab qilib oladi;

tegişli quyi sudlarning faoliyatini taşkil etişga kömaklaşadi;

sud amaliyotini umumlaştiriş, sud statistikasini tahlil qiliş böyiça işlarni taşkil etadi;

sudlar tomonidan çiqarilgan, özlari protest kiritişga haqli bölgan hal qiluv qarorlari, hukmlar, ajrimlar va qarorlar ijrosini töxtatib turadi;

sudyalar va sudning boşqa xodimlari malakasini oşiriş işini taşkil etadi;

vazifalar taqsimotiga muvofiq Özbekiston Respublikasi Oliy sudining tarkibiy bölinmalari işiga rahbarlik qiladi;