Amerikalik maşhur rep ijroçi, 50 cent taxallusi ostida ijod qiluvçi Kertis Jyekson rossiyalik jangçi Habib Nurmagomedovning Mutlaq jangçilar çempionatidan (UFC) ehtimoliy ketişi haqida öz fikrini bildirdi.

Musiqaçi UFC 229 musobaqasida Konor Makgregor ustidan qozonilgan ğalabadan söng yuz bergan muştlaşuv sababli rossiyalikka gonorar tölamayotgan UFC rahbariyatining xatti-harakatlarini qoralab çiqdi. 50 cent sözlariga köra, u Bellator’ga ötişi uçun Habibga pul tölaşga tayyor.

«UFC’ning Habibga nisbatan körsatayotgan munosabati - notöğri, çunki ular Konor bilan ham xuddi şu işni qilişmadi. Agar Habib men uçun Bellator’da jang qilsa, bugunning özidayoq 2 million dollar naqd pul tölayman», - deya yozgan rep ijroçi tvitterda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Habib Nurmagomedov öziga kelib tuşgan taklif haqida ma'lum qilgandi.