AQŞda “Maykl” dovulidan halok bölganlar soni 12 nafarga yetdi. Ta'kidlanişiça, qurbonlar Florida, Jorjiya, Şimoliy Karolina va Virjiniya ştatlarida bölgan. AQŞ favqulodda vaziyatlar federal agentligi rahbari Brok Long halok bölganlar soni oşişi mumkinligini aytgan.
Dovul AQŞ janubi-şarqiy sohiliga 10 oktabrda yopirilgan. Şamol tezligi 250 km/soatgaça yetgan. 11 oktabrda dovul birinçi toifadagi dovulgaça kuçsizlangani, biroq uning oqibatida yomğirlar boşlangani ma'lum qilingan. Ta'kidlanişiça, yomğirlar odamlar hayotiga xavf solişi mumkin bölgan toşqinlarga olib kelişi mumkin.












