Milliardlab odamlar öz umidlarini boğlaydigan xalqaro tartib tom ma'noda barbod bölmoqda. Bunday fikrni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan bildirdi.

“Yomon tartib tartibsizlikdan yaxşiroq degan fikr tartibsizlikni davom ettirmaslikka çorlaydi. Aksinça, u zudlik bilan özgartirişlar amalga oşiriş zarurligiga işora qiladi. Turkiya BMTni, ayniqsa Xavfsizlik kengaşini zudlik bilan isloh qiliş zarurligini aytadi. “Dunyo beşdan kattaroqdir” (BMT Xavfsizlik kengaşining 5 doimiy a'zosi: Rossiya, AQŞ, Buyuk Britaniya, Fransiya va Xitoy nazarda tutilgan) fikri bilan ifodalangan çorlovimiz negizida adolatga talab yotadi”, deb aytgan Erdöğan.  

Turkiya yetakçisi avvalroq Rossiya va Turkiya örtasida Suriyaning Idlibidagi vaziyatni tartibga soliş böyiça erişilgan kelişuvlar muhimligini ta'kidlab ötgan. “Biz tomondan Idlibda erişilgan barqarorlik ön minglab odamlarni ölimdan, millionlab odamlarni faqirlikdan saqlab qoldi”, deb ta'kidlab ötgan Erdöğan.