Instagram ijtimoiy tarmoği işlab çiquvçilari suratlarni köriş uçun yangi usulni sinab körişmoqda. Bu haqda TechCrunch portali xabar berdi.

Uning ma'lumotlariga köra, ilovada suratlarni aylantiriş örniga, ekranga bosiş orqali postlarni özgartiriş imkoniyati paydo böldi.

Naşrning ta'kidlaşiça, hozirça yangi imkoniyatdan ba'zi foydalanuvçilar faqat Explore’da foydalanişi mumkin. Postlarni körişning yangi usuli sinovi qanday darajada olib borilayotgani noma'lum.

Ekspertlarning qayd etişiça, bir marta bosiş bilan fotosuratlarni almaştiriş tasvirlarni «qiyin» va köproq vaqtni talab qiluvçi aylantirişdan voz keçişga imkon beradi. Bundan taşqari, dastur postdagi barça xabarlarni bitta ekranda körsatişi mumkin.