Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev 12 oktabr kuni Toşkent viloyatining Böka tumaniga taşrif buyurdi. Prezident matbuot xizmati xabar berişiça, davlat rahbari «Valixon ota» fermer xöjaligi dalasida bölib, paxta terimini közdan keçirdi.
Joriy yil iyul oyida ötkazilgan videoselektor yiğilişlarida davlat rahbari ğöza rivojini jadallaştiriş, hosilga hosil qöşiş böyiça dolzarb vazifalarni belgilab bergan edi. Şunga muvofiq, Toşkent viloyatida ham zarur agrotexnik tadbirlar amalga oşirildi. Viloyatda qariyb 76 ming gektar, Böka tumanida salkam 13 ming gektar maydonda paxta yetiştirildi. Ayni kunlarda paxta terimi davom etmoqda.
Prezident şu yerda viloyat fermerlari va qişloq xöjaligi mutasaddilari bilan suhbatlaşdi.
Bu yilgi ob-havo paxtaçilik uçun noqulay keldi. Suv kam, zararkunanda haşarotlar köp böldi. Paxta rivoji keçikdi.
Davlat rahbari hamma sohalar qatori qişloq xöjaligida ham asosiy maqsad xalq manfaati ekanini, qaysi mahsulot köproq daromad keltirsa, öşa ekilişini ta'kidlagan.
«Manfaatdorlik bölişi uçun qilingan xarajatni qoplab, foyda köriş kerak. Ertangi kuni bugunidan yaxşi bölişi uçun har bir odam özi harakat qilişi zarur. Hozirgi zamonda kim yutadi - intilgan yutadi, mehnat qilgan yutadi», degan Şavkat Mirziyoyev.
Bu yil paxta hosilini yiğib-terişda narx ikki barobar oşirildi. Jumladan, Toşkent viloyatida bir kilogramm paxta teriş uçun ming sömdan ziyod pul tölanmoqda.
Muloqotda fermerlarga öz mehnati samarasini köriş vaqti kelgani, buning uçun paxta terimini uyuşqoqlik bilan taşkil etib, hosilni yoğinli kunlarga qoldirmay yiğib oliş zarurligi ta'kidlandi.














