Aralaş yönaliş (MMA) böyiça rossiyalik jangçi Habib Nurmagomedov unga Bellator’ga ötişni taklif qilgan rep-ijroçi Kertis Jyeksonga (50 cent) javob qaytardi.

Musiqaçi UFC 229 musobaqasida Konor Makgregor ustidan qozonilgan ğalabadan söng yuz bergan muştlaşuv sababli rossiyalikka gonorar tölamayotgan UFC rahbariyatining xatti-harakatlarini qoralab çiqdi. 50 cent sözlariga köra, u Bellator’ga ötişi uçun Habibga 2 mln dollar tölaşga tayyor.

«Agar haqiqiy erkaklar qayerda dunyoga kelişini körişni istasang, unda Doğistonga taklif qilaman. Men AQŞda bölganimda, senga xabar beraman. Senga qöllab-quvvatlov uçun rahmat, sen haqiqiy erkaksan», - deb yozdi Nurmagomedov tvitterdagi sahifasida.

Eslatib ötamiz, avvalroq Amerikalik maşhur rep ijroçi, 50 cent taxallusi ostida ijod qiluvçi Kertis Jyekson rossiyalik jangçi Habib Nurmagomedovning Mutlaq jangçilar çempionatidan (UFC) ehtimoliy ketişi haqida öz fikrini bildirgandi.