Eronning birinçi vitse-prezidenti Işoq Jahongiriy AQŞ tomonidan islom respublikasiga nisbatan barça sanksiyalarning qayta tiklanişiga qaramay, Eron neftini sotib oliş istagidagi yangi hamkorlar paydo bölganini ma'lum qildi, deya xabar beradi ISNA.

"Ba'zi mamlakatlar Eron neftini sotib olişni töxtatgan bir vaqtda biz yangi hamkorlarni topdik. Bundan taşqari, biz amaldagi hamkorlarimiz bilan muzokaralar ötkazdik", - deyiladi Jahongiriyning bayonotida. 

Vitse-prezidentning sözlariga köra, Eron nefti xaridori bölmagan köplab mamlakatlar ayni damda uni sotib oliş yöllarini izlamoqda. 

AQŞ prezidenti Donald Tramp may oyida Vaşington Eron bilan yadroviy dasturga doir kelişuvdan çiqişi haqida e'lon qildi. Tramp şuningdek Eronga qarşi barça sanksiyalarning tiklanişi töğrisida ma'lum qildi. 

Xalqaro vositaçilar "oltiligi"ning qolgan a'zolari Xitoy, Rossiya, Britaniya, Fransiya va Germaniya AQŞning bu qaroriga qarşi çiqdi. Yadroviy kelişuvda qolgan davlatlar kompaniyalarni Eron bilan hamkorlik uçun Amerika sanksiyalaridan himoyalaş imkonini beruvçi çora-tadbirlarni işlab çiqmoqda.