Germaniya terma jamoasi Millatlar ligasi doirasida Niderlandiya mehmoni bo‘lib, yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi: van Deyk, Depay va Veynaldum bittadan gol urishdi. Jahon chempionatida guruhda oxirgi o‘rinni egallab, sharmanda bo‘lgan Yoaxim Lyov jamoasida dahshatli statistika.

• Germaniya o‘z tarixida ilk marta qatorasiga uch uchrashuvda gol ura olmadi (Janubiy Koreya bilan 0:2, Fransiya bilan 0:0, Niderlandiya bilan 0:3).
• Niderlandiya nemislar jamoasini 1992 yildan buyon xalqaro turnir doirasidagi o‘yinlarda ilk marta mag‘lub etdi. 2002 yilda gollandlar o‘rtoqlik uchrashuvida nemislar ustidan g‘alabaga erishgandi.
• Niderlandiya ilk marta nemislarni 3 gol farqi bilan mag‘lub etdi. Bu terma jamoalar jami 23 marta o‘zaro o‘yin o‘tkazishgan.
• 2018 yil bo‘yicha Germaniya 5-uchrashuvda mag‘lub bo‘ldi. Bu antirekordning takrorlanishidir. Nemislar 1956 va 1985 yillarda ham 5 martadan mag‘lub bo‘lishgandi, ammo 2018 yil hali yakunlanmagani inobatga olinsa, yangi antirekord qayd etilishi mumkin.
• Germaniya oxirgi 5 o‘yinda jami 107 marta raqib darvozasi tomon zarba yo‘llagan. Ammo bu zarbalardan faqat 2tasi gol bo‘lgan!

• Gollandlar bilan o‘yinda Germaniya raqib darvozasi tomon 21 marta zarba yo‘lladi, ammo shundan faqat 4 zarba darvoza tomon aniq bordi. Tomas Myuller o‘yinni ko‘zi yumuq holatda o‘tkazgandek taassurot qoldirdi. Uning zarbalari yo‘nalishi:

• Nemislar o‘yin davomida 15 marta to‘p yo‘qotishdi. Bu boradagi yetakchi – Timo Verner bo‘ldi (5).

• Germaniya Millatlar ligasi doirasida A1 guruhida oxirgi o‘rinni egallab turibdi, nemislar Niderlandiyadan 2 ochko ortda qolmoqda va V divizionga ravona bo‘lish xavfi ostida qolgan. Oldinda Fransiyaga qarshi safar va Niderlandiyaga qarshi uy uchrashuvlari kutmoqda.
















