UFC jangçisi Xabib Nurmagomedovga nisbatan 6 oylik diskvalifikatsiya hamda 350 ming dollar miqdorida jarima qöllanişi mumkin. Bu haqda TASS agentligi jangçining otasi Abdulmannop Nurmagomedovga asoslangan holda xabar tarqatgan.

«Biz sanksiyalar kutmoqdamiz. Menimça diskvalifikatsiya muddati 4 oydan 6 oygaça böladi. Unga belgilangan gonorar muzlatilgan, qolaversa, 350 ming dollarlik jarima qöllanişi mumkin. Bizda menejment bor, yuristlar, mutaxassislar bor, vaziyatni mulohaza qilib köramiz», degan u.

7 oktabrga ötar keçasi Nurmagomedov yengil vazndagi UFC çempioni kamarini himoya qiliş uçun irlandiyalik sobiq çempion Konor Makgregorga qarşi jang qildi. Jangning 4-raundida u raqibni böğiş uslubi bilan taslim etdi. Şundan keyin Nurmagomedov özini tutib tura olmadi va oktagondan çiqib, Makgregorning tarafdorlariga hujum qildi. Uning tarafdorlari esa oktagon içida qolgan Makgregorga taşlanişdi. 

Ayni vaqtda jang ötgan Nevada ştati sport komissiyasi jang uçun rossiyalik sportçiga va'da qilingan 2 million dollar miqdoridagi gonorarni muzlatib qöygan va tekşiruv işlari olib bormoqda. Nurmagomedov Amerika vizasidan mahrum etilişi ham mumkin.