Fransiya poytaxti Parij şahri meri, madam Ann Idalgo sovuq kunlar davrida boşpanasiz insonlarni şahar munitsipal hokimiyat organlari joylaşgan Otel-de-Vilga joylaştirişni taklif etdi.

«Men ogohlantiriş signalini bermoqdaman. Barçamiz yeng şimarib işga kirişişimiz zarur», — degan Idalgo Journal du Dimanche naşriga bergan intervyusida. Parij şahri rahbarining ma'lumotlariga köra, uç mingga yaqin boşpanasiz insonlarni joylaştiriş uçun joy yetişmayapti, şu sababli u «butunumum mobilizatsiya»ga çorlamoqda.

«Iş boşlanişini kuta turib, böş yotgan binolardan foydalaniş mumkin. Biz şuningdek, munitsipal markazlarni taqdim etamiz», — degan Parij meri. Xususan, Idalgo noyabr oyi oxiridan boşlab boşpanasiz ayollar Otel-de-Vilda qolişi mumkinligini ham aytib ötgan.

«Parijdagi Otel-de-Vil boşpanasiz insonlarni har qanday joyda, jumladan, Respublika Saroyida ham qabul qiliş mumkinligining namunasi bölmoği kerak», — deya qöşimça qilgan u.

Ötgan qişda Fransiyada tört kişi sovuqdan köçada jon bergan. Öşanda Parijdagi amaldorlar muzlayotgan boşpanasizlar masalasiga e'tibor qaratiş uçun tunda köçada uxlaşgan edi.