Izmir sudi amerikalik pastor Endryu Bransonni ozod qilgaç “Turkiya sudi öz qarorlarini mustaqil ravişda çiqaradi”, deb yozgan öz Tvitterida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan AQŞlik hamkasbi Donald Trampga murojaat qila turib.

Bungaça NBC telekanali özining Oq uydagi manbalariga tayangan holda AQŞ va Turkiya hokimiyati Endryu Bransonni ozod etiş borasida maxfiy bitimga kelişganini xabar bergan edi. Tramp turk davlati rahbari Erdöğanga pastorning ozod etilganida körsatilgan yordam uçun minnatdorçilik bildirgan va Turkiya bilan bu borada heç qanday kelişuvlar bölmaganini ham qistirib ötgan.

AQŞ prezidenti şanba kuni kunduzi Ovalsimon kabinetda Bransonni qabul qilişini ham e'lon qilgan.

“Muhtaram prezident Tramp, doimo ta'kidlaganimdek, Turkiya sudi öz qarorini mustaqil ravişda çiqardi. Umid qilamanki, AQŞ va Turkiya örtasidagi munosabatlar ittifoqçilarga xos tarzda davom etadi va davlatlarimiz terrorçilik taşkilotlari, birinçi navbatda, FETO (muxolifatdagi islomiy da'vatçi Fathulloh Gulenning taşkiloti), Kurdiston işçi partiyasi va “Islom davlati”ga qarşi birgalikda kuraşadi”, — deb yozgan Erdöğan Twitterʼda.

Juma kuni Izmir şahri sudi Bransonni uç yilu, bir yarim oyga ozodlikdan mahrum etiş haqida hukm çiqargan va uni uy qamoğidan ozod etgan. Sud Branson hibs ostida ötkazgan kunlarni hisoblab çiqib, unga nisbatan qöllanilgan barça ehtiyot çoralarini bekor qilgan, jumladan, xorijiy davlatga çiqib ketiş böyiça taqiqni ham.

Vaşington va Anqara örtasidagi munosabatlar keyingi vaqtlarda keskinlaşayotgan edi va sabablar içida Branson işi ham salmoqli uluşga ega edi. Branson 2016 yilda Turkiya hokimiyati tomonidan davlat töntarişiga aloqadorlik va Turkiyada taqiqlangan Kurdiston işçi partiyasi bilan aloqalarda ayblanib, hibsga olingan edi. Avgust oyi boşlarida AQŞ moliya vazirligi Turkiya adliya vaziri Abdulhamit Gul va IIV rahbari Sulaymon Söyluga qarşi sanksiyalar e'lon qilgan va ularni “inson huquqlarini jiddiy poymol etiş”da ayblab çiqqan edi.

Söngra AQŞ prezidenti Turkiyadan kiritiladigan alyuminiy va pölatga bojlarni mos ravişda 20 va 50 foizga oşirilişini e'lon qildi. Bu esa turk lirasining tarixiy minimumgaça qulaşiga sababçi böldi. Anqara ham böş kelmasdan Amerikadan kiritiladigan 22 turdagi mahsulotlarga bojlarni kötardi. Ular tamaki, alkogol, avtomobillar, attorlik mahsulotlari, guruç va mevalar kabi 553 million dollarlik mahsulotlarni taşkil etgan.