Amerika Qöşma Ştatlari va Turkiya amerikalik pastor Endryu Bransonning hibsdan ozod etilganidan söng ajoyib munosabatlarni yölga qöyişi mumkin. Bu haqda AQŞ prezidenti Donald Tramp Branson bilan Oq uyning Ovalsimon kabinetida uçraşganida aytib ötgan.

“Biz endi Turkiyaga butunlay boşqaça munosabatdamiz”, — dedi u. “Öylaşimça, Turkiyaga aslida bundan ham yaqinroq böliş uçun imkoniyatimiz bor. Endi bizning munosabatlarimiz juda va juda yaxşi bölişi mumkin”, — deya ta'kidlagan Tramp.

“Biz bu xalqni bilamiz, pastor aytganidek, ular ajoyib xalq va öylaşimça, Turkiya bilan aslida ajoyib munosabatlarni yölga qöyiş uçun bizda imkoniyatlar bor, men çindan ham bunga umid qilmoqdaman”, — deya qöşimça qilgan prezident.

Branson bilan uçraşuvi çoğida Tramp bir neça marta amerikalik pastor ozod etilgani uçun Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğandan minnatdor ekanligini alohida qayd etdi. “Turkiya uçun ham bu oson vaziyat emas, ularda ayni paytda köplab murakkab jarayonlar yuz bermoqda, men prezident Eröğanga buni imkonli qilgani uçun minnatdorçilik bildiraman, va siz nimani nazarda tutayotganimni tuşunib turibsiz. Bu oson iş emasdi, u uçun ham oson vazifa emasdi”, — degan Tramp.

Tramp amerikalik pastor Endryu Bransonni ozod etiş evaziga Turkiya hokimiyati bilan biror bir kelişuv bölmaganini alohida qayd etib ötdi. “Biz uzoq va murakkab muzokara jarayonlarini ötkazdik, lekin bu mamlakatga biz tovon puli tölamaymiz. Nima bölganda ham, ayni şu vaziyat uçun”, — degan AQŞ prezidenti.