Turkiyada ikki yil hibs ostida saqlangan Endryu Branson şanba kuni AQŞga qaytib kelgan. Bu haqda Fox News telekanali xabar bermoqda.

Telekanalning xabariga köra, Branson mingan samolyot Vaşington yaqinidagi Endryus harbiy bazasiga kelib qöngan. Bungaça u AQŞning Germaniyada joylaşgan harbiy gospitalida vraçlar körigidan ötgan. AQŞ prezidenti Donald Tramp ilgariroq şanba kuni Branson bilan Oq uyda uçraşişini e'lon qilgan edi. U şuningdek, körsatilgan yordam uçun Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanga minnatdorçilik izhor etgan.

12 oktabr kuni Izmir şahri sudi Bransonni uç yilu, bir yarim oyga ozodlikdan mahrum etiş haqida hukm çiqargan, biroq uning hibs ostida ötkazgan kunlarni hisoblab çiqib, uy qamoğidan ozod etgan. Sud Bransonga nisbatan qöllanilgan barça ehtiyot çoralarini bekor qilgan, jumladan, xorijiy davlatga çiqib ketiş böyiça taqiqni ham.