Jahon | 01:00 / 14.10.2018
16750
1 daqiqa o‘qiladi

Ukraina mudofaa vaziri endi harbiy libos kiymaydi

Foto: Nikolay Lazarenko

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko mamlakat mudofaa vaziri Stepan Poltorakni harbiy xizmatdan bo‘shatish haqida raportga imzo chekdi. Prezident Ukraina armiya generalining raportini «juda ko‘ngli og‘rib» qabul qilganini ta'kidlab o‘tdi.

Poroshenko shuningdek, Poltorak Ukraina mudofaa idorasini fuqaro vazir sifatida boshqarishda davom etishi haqda ham qarorga kelgan. Prezident o‘zining bu qarorini Poltorakning «Ukraina qurolli kuchlarini qayta tashkil etish, Milliy gvardiyani tiklash va oyoqqa turg‘azish» bo‘yicha xizmatlarni juda yuqori baholashini aytib o‘tdi.

U shuningdek, Poltorakka davlatning oliy mukofoti — birinchi darajali Bogdan Xmelnitskiy ordenini ham topshirdi.

Mavzuga oid