2018 yil yanvar-sentabr oylarida respublika böyiça köçib kelganlar soni 121,7 ming kişini (119,8 ming kişi respublika hududlaridan, 1,9 ming kişi xorijiy mamlakatlardan), köçib ketganlar soni esa 134,0 ming kişini (119,8 ming kişi respublika hududlariga, 14,2 ming kişi xorijiy mamlakatlarga) taşkil etdi.
Davlat statistika qömitasi xabariga köra, migratsiya saldosi minus 12,3 ming kişi bölib, 2017 yilning mos davrida minus 14,9 ming kişi bölgan.
Migratsiya saldosining yuqori darajasi Toşkent viloyatida (minus 4,1 ming kişi), Qaşqadaryo viloyatida va Qoraqalpoğiston Respublikasida (minus 3,1 ming kişi) qayd etildi.
Doimiy yaşaş uçun Özbekiston Respublikasiga xorijiy mamlakatlardan köçib kelganlar soni - 1961 kişi. Doimiy yaşaş uçun Özbekiston Respublikasidan xorijiy mamlakatlarga köçib ketganlar soni - 14195 kişi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda qaysi kasalliklardan eng köp ölim holati qayd etilayotgani aytilgandi.

















