16 oktabr kuni Özbekiston termasi jamoasi Toşkentda Qatar termasini qabul qiladi. Bugun, 15 oktabr kuni uşbu örtoqlik uçraşuvidan oldingi matbuot anjumani bölib ötdi.
Anjumanning birinçi qismida Özbekiston terma jamoasi boş murabbiyi Ektor Kuper va yarim himoyaçi Odil Hamrobekov iştirok etdi.

«Ertaga [joriy yiğin doirasidagi] ikkinçi örtoqlik uçraşuvida maydonga tuşamiz. Bu öyindan maqsad – birinçi öyindagi yaxşi jihatlarimizni yana bir bor takrorlab oliş va yaxşilaş. Birinçi öyinda körsatilgan tartibli öyin, himoyada bir çiziq bölib harakat qilişni bu uçraşuvda ham davom ettiramiz.
Birinçi öyinda kamroq harakat qilgan futbolçilarga bu safar köproq imkoniyat beriladi. Yangi futbolçilar ham maydonga tuşadi. Lekin bu tarkib butunlay özgarib ketadi, degani emas. Avvalgi öyinda maydonga tuşgan futbolçilarning ba'zilari ertangi öyinda ham iştirok etadi.
Bu öyindan keyin futbolçilar öz klublariga jönab ketişadi. Ular özlaştirgan uslublarini keyingi yiğingaça unutib qöymasliklariga umid qilamiz.
Ertaga yangi futbolçilarni sinab köriş bilan birga öyin uslubimizni yanada yaxşilaşga harakat qilamiz», - deb aytib ötdi Kuper anjumanning kiriş qismida.
«Ertaga bizni qiziqarli öyin kutib turibdi. Örtoqlik öyini bölsa ham, Qatar bilan öyinlar doim qiziq ötgan. Arab jamoalari doim hujumkor öyinni yoqtirişadi», - deya fikr bildirdi Odil Hamrobekov.

- KXDR bilan öyinga Qatardan videotasvirçi kelib, öyinni tasvirga tuşirdi. Ular Osiyo kubogidagi guruhdoşlari KXDRni örganişmoqda. Biz guruh bosqiçida Yaponiya, Ummon va Turkmaniston bilan öynaymiz, ularni örganiş jarayoni boşlanganmi?
- Albatta, Osiyo kubogidagi raqib jamoalar öyinlarini tahlil qilamiz. Şuni nazarda tutiş kerakki, hozir axborot texnologiyalari juda rivojlangan, stadionga bormay turib ham raqib öyinini örganib çiqiş mumkin. Raqiblarimiz öyinlarini tahlil qiliş uçun ularning navbatdagi örtoqlik öyinlariga öz vakillarimizni yuboramiz. Bu jihatdan heç qanday muammo yöq.
Hozirgi kunda eng asosiysi raqiblarimiz emas. Biz özimizning öyinimizni şakllantirişimiz kerak. Ularning taktikasini örganib çiqib, öz öyinimizni butunlay özgartirib yubora olmaymiz.











