2018 yil 12 oktabr kuni jinoyat işlari böyiça Yakkasaroy tuman sudida sudlanuvçilar Murod Xontörayev, Doniyor Vahobov va Ilhomjon Parpiyevga nisbatan jinoyat işini körib çiqiş böyiça sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e'lon qilindi.

Özbekiston Respublikasi Oliy sudi rasmiy vakili Aziz Obidovning Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, mazkur jinoiy iş sudya Temur Qosimov raisligida körib çiqildi.

Sud jinoyat işi materiallarini har tomonlama va töliq örganib, M.Xontörayevni, D.Vahobovni Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (“Bezorilik”) 3 qismi “a” bandi, I.Parpiyevni Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) 1 qismi va 277-moddasi (“Bezorilik”) 2 qismi “a”, “b”, “v” bandlarida közda tutilgan jinoyatlarni sodir etişda aybdor deb topdi.

Sud Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va jinoyat qonunçiligida özining teran ifodasini topgan insonparvarlik, bağrikenglik va adolat tamoyillaridan kelib çiqib, sudlanuvçilarga jazo tayinladi.

Jinoyat işlari böyiça Yakkasaroy tuman sudi M.Xontörayevga eng kam oylik iş haqining 94 barobari miqdorida jarima jazosi, D.Vahobovga 3 yil 8 kun muddatga ozodlikni çeklaş jazosi, I.Parpiyevga oylik iş haqidan 20 foiz davlat foydasiga uşlab qolgan xolda 2 yil 1 oy 24 kun muddatga ahloq tuzatiş işlari jazosi tayinladi.

Sudlanuvçilarga jazo tayinlaşda ular istiqomat qiluvçi mahalla fuqarolar yiğinlari tomonidan taqdim etilgan öz kafilligiga oliş haqidagi xatlari inobatga olindi.

Şuningdek, sud tomonidan sudlanuvçilarga va boşqa tomonlarga hukm ustidan şikoyat qiliş tartibi va muddati tuşuntirildi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Murod Xontörayev bir qator şaxslar bilan birgalikda 21 iyunga ötar keçasi Yunusoboddagi tungi klublardan birida «jamoat joyida yuriş-turiş qoidalarini buzgan, tartibsizlik qilgani» haqida xabar berilgandi.

Uning özi tan jarohati (kökragiga piçoq bilan zarba berilgan) bilan Yunusoboddagi 7-kasalxona (sobiq 17-şahar kasalxonasi)ga yotqizilgan, keyingi kuni militsiya tomonidan olib ketilgan.

Ma'lumot uçun, Xontörayev 1987 yilda Toşkent şahrida tuğilgan. Ayni paytda u Toşkent şahridagi G. V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti filialining 3-kurs talabasi. Oilali va ikki nafar farzandi ham bor.