Rossiya prezidenti Vladimir Putin oktabr oyida Özbekistonga rasmiy taşrifini amalga oşiradi.
«Joriy yilning 18-19 oktabr kunlari Toşkentda Özbekiston va Rossiya rahbarlari Şavkat Mirziyoyev hamda Vladimir Putinning uçraşuvi bölib ötadi», - deya Özbekiston Taşqi savdo vazirligi xabarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Vazirlikning xabar berişiça, Rossiya prezidentining rasmiy taşrifi doirasida Rossiya-Özbekiston birinçi hududlararo hamkorlik forumi ötkaziladi.
Mirziyoyev va Putinning oxirgi uçraşuvi joriy yilning iyun oyida Xitoyning Tsindao şahrida taşkil etilgan Şanxay hamkorlik taşkiloti davlatlari yetakçilari sammitida bölib ötdi.
Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov 7 sentabr kuni Rossiyaga taşrifi davomida Moskvada RF boş vaziri Dmitriy Medvedev bilan uçraşib, Putinning Özbekistonga taşrifiga tayyorgarlik köriş masalalarni muhokama qilgandi.
Dmitriy Medvedev 2017 yilda ikki tomonlama savdo hajmi uçdan bir qismga ortganini aytgandi. Uning sözlariga köra, uşbu tendensiya joriy yilning birinçi yarmida ham saqlanib qoldi.
«Özaro savdoning ösişi deyarli uçdan bir qismni taşkil etdi - 32%. Rossiya yana Özbekistonning savdo şeriklari orasida eng yuqori poğonaga çiqib oldi, bu, albatta, bizni quvontiradi», - deya ta'kidlab ötdi boş vazir. 2017 yilda Rossiyaning Özbekiston bilan tovar aylanmasi 3,651 milliard dollarga teng bölib, 2016 yilga nisbatan 33,96 foizga oşdi.













