Rossiya Eronga Amerika sanksiyalarini çetlab ötiş mexanizmini yaratişga yordam beradi. Bu haqda Mako.co.il naşri Isroil Taşqi işlar vazirligining maxfiy hujjatiga asosan xabar bermoqda.

Naşr ma'lumotlariga köra, Eron öz neftini Kaspiy dengizi orqali Rossiya neftni qayta işlaş zavodlariga yetkazib beradi. Şundan keyin neft xalqaro bozorda Rossiya mahsuloti sifatida sotila boşlanadi.

Ta'kidlanişiça, bunday reja Rossiya, Eron va Turkiya iştirokida Tehronda bölib ötgan uç tomonlama sammitda ma'qullangan.

Bundan taşqari, materialda aytilişiça, Yevropa ham bu mexanizmning amalga oşirilişiga qarşi bölmaydi. Şu tariqa, Yevropa davlatlari Eronning yadroviy bitimdan voz keçişini istamayapti.

Eslatib ötamiz, avvalroq Suriyada Rossiya yetkazib bergan S-300’ni kim boşqarişi oşkor bölgandi. Qayd etilişiça, buni eronliklar qiladi.