Toşkent şahar hokimligi tomonidan taşkillaştiriladigan «Döstlik festivali» doirasida poytaxtda birinçi marotaba «Lazerli şou» bölib ötadi, deb xabar beradi şahar hokimligi matbuot xizmati.

Festival uç kun davomida bölib ötadi.

18 oktabr kuni soat 18:00dan boşlab «Xalqlar döstligi» saroyi oldidagi maydonda lazerli şou ötkaziladi. 19 oktabr - soat 18:00da A.Navoiy nomidagi teatr binosi oldidagi maydonda. 20 oktabr - soat 18:00dan boşlab Oloy bozori oldidagi maydonda.

«Döstlik festivali» şaharning bir neça joylarida ötkaziladi:

1) Sayilgoh (Brodvey). «Ijodiy keçalar» (16-21 oktabr, soat 11:00dan 23:00gaça);
2) UCELL ofisi qarşisidagi avtoturargoh. «Avto-moto şou» (18-20 oktabr, soat 15:00dan 23:00gaça);
3) A.Navoiy nomidagi teatr binosi oldidagi maydon. «Teatr san'ati keçalari» (18-21 oktabr, 18:00dan 22:00gaça);
4) Oloy bozori oldidagi maydon. «Mingta va bitta peştaxta» (16-21 oktabr, soat 11:00dan 23:00gaça);
5) «Istiqlol» saroyi oldidagi maydon. Kontsert (18-20 oktabr, soat 18.00dan 22.00gaça);
6) CENTRAL PARK. Musiqa festivali (21 oktabr, 18:00dan 23:00gaça);
7) A.S. Puşkin nomidagi yodgorlik oldidagi maydon. «Şe'riy keçalar» (18-20 oktabr, soat 17:00dan 20:00gaça).