AQŞ prezidenti Donald Tramp Turkiyada hibsda uşlab turilgan amerikalik pastor Endryu Bransonning ozod etilmayotgani sababli Turkiyadan barça diplomatlarni qaytarib olişni rejalaştirgan. Bu haqda Oq uy va davlat departamentidagi manbalarga iqtibos keltirgan holda ABC News telekanali ma'lum qildi.
Ma'lum qilinişiça, Tramp Branson bilan boğliq vaziyat sababli Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğandan juda darğazab bölgan. Jumladan, u AQŞning Turkiyadagi elçixonasi va barça dimlomatik vakolatxonalarining yopilişi rejasini tuzib çiqiş topşiriğini bergan.
Ta'kidlanişiça, Trampning atrofidagilar uning bu taşabbusini turliça qabul qilişgan. Xususan, Oq uy apparati rahbari Jon Kelli Turkiyadan faqatgina yordamçi personalni olib çiqişni taklif qilgan bölsa, Trampning maslahatçisi Jon Bolton prezidentning taşabbusini töliq qöllab-quvvatlaşini aytgan.
Trampni ikki davlat örtasidagi munosabatlarga tuzatib bölmas zarba berişi mumkin bölgan bu fikridan AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeo qaytara olgan.
Şu bilan birga AQŞ davlat departamentida Tramp bunday taşabbusni bildirgani haqidagi axborot rad etilgan, Oq uyda esa unga izoh berişdan boş tortilgan.
Branson 2016 yilda turk idoralari tomonidan davlat töntaruviga uriniş ayblovi bilan xibsga olingan. 12 oktabrda Turkiyaning Izmir şahri sudi Bransonni 3 yil 1,5 oylik qamoq jazosiga mahkum qilgan, biroq u hibsda uşlab turilgan vaqtni hisobga olib, uni ozod etişga qaror qilgan.

















