AQŞning Deytroyt şahridagi qarovsiz qolgan dafn byurosida 11 bola jasadi topildi. CNN telekanalining ma'lum qilişiça, jasadlar quruvçilar tomonidan şiftda aniqlangan. 

Quruvçilar voqea joyiga huquq-tartibot idoralari vakillarini çaqirtirişgan. Politsiyaning ma'lum qilişiça, 9 jasad karton qutida, 2 nafari tobutda bölgan. Qidiruv işlariga maxsus itlar jalb qilingan, biroq boşqa jasadlar aniqlanmagan.

Cantrell Funeral Home dafn byurosi aprelda köplab qonunbuzarliklar, jumladan antisanitariya, jasadlarni nomaqbul usulda saqlaş, firibgarlik uçun yopilgan bölgan.

Politsiyada jasadlar bino konstruksiyasida qança vaqt saqlangani va bolalar neça yoşda bölganlari aytilmagan. 

“Körinişiça, bu işni şu byuro xodimi yoki binoning tuzilişidan xabardor kişi qilgan. U jasadlarni noma'lum sabablarga köra öşa yerga yaşirgan”, deb aytilgan politsiyada.