Amerikalik boksçi Floyd Meyuezer rossiyalik yakkakuraş jangçisi Xabib Nurmagomedovning jang ötkaziş çaqiriğiga rozilik javobini berdi.
Avvalroq Nurmagomedov Meyuezerga jang ötkaziş taklifi bilan çiqqandi.
“CBS, Showtime va MGM Grand – pullarni tayyorlang. Leonard Ellerbi (Mayweather Promotions rahbari) sahifasiga qarang, Xabib Nurmagomedov meni jangga çorladi”, deb yozgan Meyuezer instagramda.
Nurmagomedovning otasi va murabbiyi Adbulmanop Nurmagomedov jang Rossiyada ötkazilişi kerakligini aytgan.
“Bizda juda katta motivatsiya bor. Jang qaçon ötişi mumkin? Dastlab diskvalifikatsiya muddati yakunlanişini kutiş kerak”, deb aytgan Adbulmanop Nurmagomedov.
“Bu raqibni tor-mor etamiz. Xabib yaqin kuraşda klinç holatiga ötadi, bu sof boksga öxşaş bölmaydi. Umid qilamanki, Xabibda imkon Makgregornikidan yuqoriroq. Bizning burçakda Vasiliy Lomaçenko, Mayk Tayson va Rossiyaning eng yaxşi murabbiylaridan biri bölişiga umid qilaman”, deb qöşimça qilgan Adbulmanop Nurmagomedov.
Nurmagomedov 6 oktabrda UFC 229 musobaqasi doirasida Konor Makgregorni mağlub etib, yengil vaznda UFC çempioni unvonini özida saqlab qolgan. Meyuezer esa 2017 yil avgustida boks qoidalari böyiça ötgan jangda Makgregor ustidan ğalaba qozongandi.












