14 oktabrdan 15 oktabrga ötar tunda Moskva markazida, Yakimanka munitsipal okrugida Özbekiston birinçi prezidenti Islom Karimovning haykali paydo böldi. Bu haqda Asia-Plus xabar qilmoqda.

2,3 metr balandlikdagi yodgorlik muallifi britaniyalik eng maşhur haykaltaroşlardan biri Pol Deydir.
Qayd etilişiça, yodgorlikning qurilişiga xarajatlar Özbekiston birinçi prezidenti qizi Lola Karimova-Tillayeva boşçiligidagi Islom Karimov fondi tomonidan tölab berilgan.

Eslatib ötamiz, joriy yilning fevral oyi boşlarida Moskva sudi Islom Karimovga haykal örnatiş töğrisidagi referendumni bekor qilgandi.
Moskva şahrining Zamoskvoretskiy sudi 2018 yil 18 mart kungi prezidentlik saylovlari kunida referendum ötkazişni taqiqlagandi, unda Özbekiston birinçi prezidenti Islom Karimovga haykal örnatiş masalasi kötarilişi mumkin edi.
Öşanda okrug deputatlari 25 yanvar kuni 18 martda mahalliy referendumni ötkaziş va unga Özbekiston birinçi prezidenti Islom Karimovga haykal örnatiş hamda Karimov xiyobonida favvora örnatiş masalasini olib çiqiş haqida qaror qabul qilişgan.










