Inson matonatining çek-çegarasi yöq. Boşiga tuşgan taşvişlarga, jismidagi oğir dard sababli kelayotgan azoblarga bardoş beradi. Bunday bukilmas iroda sohiblarini körib, Yaratganning qudratiga tan bermay iloj yöq.
KUN.UZ manziliga yöllangan navbatdagi xayriya murojaati sababidan Toşkent viloyati, Örtaçirçiq tumani sari safarga otlandik. Bu tumandagi Döstlik köçasi, 40-uyda istiqomat qiluvçi Ildar Nigmatulin 1,5 yildirki saraton xastaligidan azob çekmoqda. Ustiga-ustak bu dard sabab pastki jağ qismidan ajralgan.
Youtube'da köriş
Facebook'da köriş
“Bu kasallik avvaliga Ildarning yuzida oddiy husnbuzar singari paydo böldi. Biz ham bunga deyarli e'tibor qaratmadik. Sekin-asta bu yara kattalaşa, söngra qattiq oğriq bera boşladi. Şu sababli Taxtapuldagi şifoxonaga bordik. Foydasi bölmadi. Keyin Toşkentdagi şifoxonalardan birida onkologiyaga qarşi davolanib çiqdik. Vaziyat oğirlaşsa oğirlaşdi, foydasi bölmadi. 3 marotaba operatsiya, 2 marta kimyoviy nurlaniş natijasida 31 ta nur qabul qildi. Nurab ketayotgan pastki jağ qismi uçun bir neça marta kökrak taraflaridan terilari köçirib ötkazildi. Hamma joyi çandiq bölib, qörqinçli holatga keldi”, deydi abgor holatda qolgan onasi Saviya opa.

KUN.UZ saytiga kelgan uşbu murojaat mualliflari Ildarning oila-a'zolari va internet blogerlari edi. Bu savobli işni boşlagan inson esa oilaning dösti - Zarema Ilyasova ekan. U kişi bilan suhbatlaşganimizda quyidagilarni sözlab berdi: “Ildarning holatidan xabar topganimdan söng, ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvçilaridan yordam söradim. Çunki bizda buni davolaşning iloji yöqligi haqida xulosa olganimizdan söng, rossiyalik şifokorlar bilan aloqaga çiqdik. Ular holatni körib operatsiya natijasiga kafolat yöq, deb aytişdi. Şundan söng, hindistonlik şifokorlar bilan boğlandik. Taxminiy boşlanğiç summani 12 630 dollar sifatida körsatişdi. Qöşimça xarajatlar bilan 15 000 dollar atrofida pul ketar ekan. Guruhlar adminlari qöllaridan kelganiça yordam berişmoqda. Hozirça 10 000 dollar atrofida mablağ yiğildi. Qolgan mablağni ham tezroq yiğiş lozim. Yöqsa, keç bölişi mumkin. Özim şifokor bölganim uçun bilaman.














