Örgimçak töri deya nisbat beriluvçi internetning hayotimizdagi örni haqida ortiqça ta'rifga hojat yöq. Arzimagan 10-15 yil içida uning ahamiyati şu qadar oşib ketdiki, biror kunimizni internetsiz tasavvur qila olmaydigan darajaga yetdik.
Internet kundalik turmuş, ilm-fan, iqtisodiyot kabi sohalarning barça jabhalariga kirib boriş bilan birga kuçli siyosiy qurolga ham aylandi. Endilikda har qanday muhim jarayon rasmiy bayonot va axborotlardan taşqari virtual olamda ham keng muhokama qilinmoqda, aholi ongida buning ortidan turliça fikrlar şakllanmoqda yoki şakllantirilmoqda.
Yaqin Şarq mintaqasidagi rangli inqiloblar, ayniqsa Misrdagi Facebook ta'siridagi namoyişlar qator davlatlarni çöçitib qöydi va internetga nisbatan hadik darajasi oşib ketdi.
Kimdir internet tezligini keskin çeklaş ustida işlasa, qaysidir davlatlarda bu vosita butunlay bloklab taşlandi.
Xöş, qaysi davlatlarda internet qat'iy jilovlab turiladi?
Şimoliy Koreya
Şimoliy Koreyada faqat 28ta saytga kiriş mumkin
Foto: Flickr
Şimoliy Koreya har qanday inqiloblardan ilgari ham eng yopiq, eng katta çeklovlar mamlakati sifatida röyxatning boşida turardi. Rangli inqiloblar, dunyodagi siyosiy vaziyat qanday ta'sir qilganini anglaş qiyin. Lekin şunisi aniqki ayrim davlatlarda millionlab saytlar qayd etilgan hozirgi zamonda Şimoliy Koreyani olam bilan boğlovçi saytlar soni barmoq bilan sanarli. Borlarida ham bu «buyuk davlat»dagi odamlar qançalar baxtiyor yaşayotgani, Şimoliy Koreya iqtisodiyoti barq urib rivojlanayotgani, mamlakat qudrati va harbiy salohiyati har qanday imperialistlarni kunpayakun qilib taşlaşi haqidagi ma'lumotlar joylangan. Şuningdek, vatanni uluğlovçi, mardlikka çorlovçi kam sonli qöşiqlar bilan birga Şimoliy Koreyaning turistik zonalari haqida ham söz boradi.
Alohida bob sifatida «Mamlakat quyoşi, buyuk yölboşçi va ikkala Koreyaning ham najotkori» bölgan Kim Çen Inning suratlari va nutqlari mavjud.
26 millionlik aholiga ega bu davlatdagi internetdan muntazam foydalaniş imkoniyatiga ega bölganlar soni bir neça ön mingga ham yetmaydi va bu barça davlatlar orasida mutlaq past körsatkiçdir.
Mavzuga oid
Mamlakat özining içki kompyuterlararo tizimiga ega va bu tizimdan köpi bilan aholining 4-5 foizlik qismi foydalana oladi.
Kuba
Foto: Yevrorouming
«Ozodlik oroli» uzoq yillar uyali telefon, internet va hatto zamonaviy avtomobillardan xoli hudud sifatida «oçiq osmon ostidagi muzey davlat» bölib keldi. Ammo raqamli taraqqiyotning ne'matlari bu hududni ham çetlab ötmadi.
11 milliondan ortiqroq aholiga ega Kubada internet bundan 7 yilgina muqaddam paydo böldi. Dastlabki yillarda undan faqat davlat manfaatlarida foydalanildi. Aholiga keyinçalik oçilgan internet kafelardagina örgimçak töridan foydalaniş imkoniyati berildi. Bunday xizmatlarning bir soati 4-5 dollarni taşkil qilar, örtaça maoş 20 dollarni taşkil qiladigan Kubada bu faqat badavlat insonlarninggina çöntagi kötaradigan xizmat edi.
Oxirgi yillarda vaziyat qisman yaxşilangan bölsada, Kubada internet hamon hamma foydalana oladigan vositaga aylana olmadi. Faqat turistlar taşrif buyuradigan hududlarda Wi-Fi xizmati yölga qöyilgan, tezlik juda past, bor joyda ham odamlar qöl telefonlari bilan töplanib olib internet tutişga urinişi bu davlatdagi doimiy manzaradir.
Hindiston
Kaşmirdagi 2 haftalik ğalayondan keyin
Foto: Tauseef Mustafa / AFP
Aholisi jihatdan tez orada dunyoda birinçilikni egallaşi kutilayotgan (1 mlrd. 366 mln. kişi) Hindistonda aloqa xizmatlari yaxşi yölga qöyilgan, narxi ham u qadar qimmat emas. Ammo tarixan diniy, irqiy va milliy ziddiyatlar köp kuzatilgan bu hududda bugungi kunga kelib ham murakkab siyosiy vaziyat saqlanib qolmoqda.
Oxirgi marta Kaşmir hududida 2016 yilning 9 iyul kuni internet butunlay öçirildi va 13 milliondan ortiq aholi deyarli yarim yil internetsiz qoldi. Buning öziga xos sabablari bor.
Burxon Vani mahalliy aholining haqiqiy qahramoniga, afsonaga aylangandi. 15 yoşida u öqişni taşladi va «Hizbul Mujohiddin» isyonçilar guruhiga qöşildi. 20 yoşidayoq u otryad komandiriga aylandi. Burxon jang maydonlaridagi ğalabalari tufayli emas, internetdagi turkum roliklari uçun maşhurlikka erişdi. Internetda u tengdoşlarini «ozodlik va jasurlik»ka undovçi lavhalar bilan öz safiga çorlar, vaqt ötgani sayin uning şuhrati ortib borardi.
2016 yilning iyulidagi maxsus operatsiya çoğida Burxon Vani öldirildi. Öşanda u 22 yoşda edi. Burxonning dafn marosimiga odamlar daryodek oqib kela boşladi va tabiiyki internet davlatdan, tuzumdan va umuman hayotdan noroziliklarga tölib toşdi.
Hukumat vaziyatni nazorat qiliş uçun radikal çoralar körişga majbur böldi. Bunday çoralardan eng birinçisi – internet butunlay öçirib taşlandi. Köçalarda komendantlik soati joriy qilindi, harbiylarga töplanib turganlarga közdan yoş oqizuvçi gaz purkaş, böysunmaganlarga öt oçiş huquqi berildi.
Keyinçalik, 2017 yilga kelib internet bu hududga qaytarildi, ammo şunda ham asosiy ijtimoiy tarmoqlar bloklanişi davom etdi.
Myanma
Quvğinga uçragan rohinjalar
Foto: Daily Mail
Bu davlatda ham internet deyarli butunlay bloklangan. Dastlab ozodlik kuyçisi, asr mazlumasi sifatida ta'riflangan, hattoki tinçlik uçun Nobel mukofotiga loyiq körilgan Aun San Su Çjining hokimiyat tepasiga kelişi ham vaziyatni yaxşi tomonga özgartirmadi. Aksinça, mamlakat rohinja musulmonlarining qirğin qilinişi ortidan genotsidga yöl qöygan davlatlar safida körila boşladi.
Siyosiy öyinlar kutilganidek internet rivojiga salbiy ta'sir qilmay qolmadi. Hozirda Myanmada mamlakat aholisining 1-2 foizigina internetdan foydalana oladi. Jarayon maxsus kuçlar tomonidan qattiq nazorat qilinadigan bu davlatda faqat internet klublardagina jahon tarmoğiga ulaniş mumkin.
Eron
Foto: Kommersant
Eronda internet mavjud, uyali aloqa tizimi ham yaxşi rivojlangan. Ammo internetda senzura nihoyatda kuçli. Har bir bloger maxsus röyxatdan ötişi şart, har qanday çiqişlar nazorat qilib boriladi. Davlat tuzumi va rahbarlariga qarşi gap yoziş uyoqda tursin bunday izohlarni ma'qullaş ham qattiq jazolanişi mumkin.
Venesuela
Foto: Global Voices
Uzluksiz iqtisodiy böhronlar, million karra inflyatsiya, yuqori jinoyatçilik avj olgan bu davlat boşqaruvi bilan internetdagi erkin fikrlaşni birgalikda köriş muşkul albatta. Internet Venesuelada butkul öçirib taşlanmagan bölsa-da, ma'lum yönalişlarni bloklaş amaliyoti keng qöllaniladi.
Bunday davlatlar qatoriga yana Tunis, Suriya, Xitoy, Turkmaniston, Somali kabilarni ham qöşiş mumkin va ularning har birida internet ma'lum darajada çeklovlarga duçor böladi.
Köpçilik davlatlarda hukumatlar va maxsus tizimlar asosan provayderlarga ma'lum yönalişlarni bloklaşni buyruq beriş orqali çeklov usulini qöllaşadi.
Albatta, köpçilikda savol tuğilişi tabiiy, Özbekistondagi vaziyat qanday?
Vatanimizda internetni çeklaş böyiça rasmiy buyruq bölgani biror marta e'lon qilinmagan. Ammo ayrim xorijiy saytlarga kiriş doimiy muammo bölgani holda vaqti-vaqti bilan mahalliy saytlar faoliyatida ham uzilişlar kuzatiladi. Masalan, 2018 yilning 4-5, 14-15 oktabr kunlarida YouTube videoxostingi işlamay qolgani qayd etilgan. «Özbektelekom» bu uzilişga ham aloqador emasligini bildirgan.
Dunyodagi eng yirik Facebook ijtimoiy tarmoğidagi uzilişlar esa sönggi paytda muntazamlik kasb etib qoldi. Köpçilik bu holatga könikib, VPN (Virtual Private Network — virtual xususiy tarmoq) tizim orqali işlaşni örganib olişdi.
«Özbektelekom» AK bu holatga aloqadorligini ham rad etgan.
«Bir neça kun mobaynida bir qator foydalanuvçilar Facebook ijtimoiy tarmoği va boşqa veb-resurslarga kirişda muammolarga duç kelmoqda. Facebook vakili uzilişlar tabiati mahalliy emas, balki global ekani haqida rasmiy bayonot berdi: Markaziy Osiyo va Şimoliy Yevropadagi boşqa mamlakatlarda ham şunday muammolar kuzatilmoqda. Şunga qaramay, bir qator ommaviy axborot vositalarida ijtimoiy tarmoqlarga milliy operator tomonidan çeklov qöyilgani haqida ma'lumot paydo böldi.
«Özbektelekom» AK foydalanuvçilarni çalğituvçi uşbu xabarni inkor etadi. Bugungi kunda «Özbektelekom» AK ma'lumotlar uzatiş tarmoği muntazam ravişda işlab turibdi», deyiladi bayonotda.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi