14 oktabr kuni bir guruh özbek ziyolilari va ijtimoiy tarmoq faollari 1938 yili otilgan jadidlar, millat fidoiylari otilgan va dafn etilgan joylarni ziyorat qilişdi. Tarixçilar, faollar, xususan Anvar Nazir, Botir Hasanov va boşqalar tomonidan taşkil etilgan uşbu ziyorat qatağon qurbonlari xoklari dafn etilgan Oqilota qabristonidan boşlandi. Bu yerda şahidlar haqiga Qur'oni karim tilovat qilinib, ular amalga oşirgan xayrli işlar yodga olindi.

2000 yili oçilgan «Şahidlar xotirasi» maydoni yaqinida qatağon qurbonlari otilgan deb taxmin etiladigan eski Alvastiköprik örni va yodgorlik majmuasi közdan keçirilib, özbek xalqini hurlik va erkinlikka undagan, mustabid tuzum yillarida qatağonga uçragan fidoiy vatandoşlar xotirlandi.

Facebook / Umida Axmedova

Şundan söng poytaxtdagi «Çiğatoy» qabristoniga ziyorat uyuştirildi.

Facebook / Anvar Nazir

1938 yilning 4 oktabridan 15 oktabriga qadar Toşkent şahrining hozirgi «Şahidlar xotirasi» yodgorlik majmuasi atrofida mingdan ortiq özbeklar NKVD xodimlari tomonidan otilgan. Keyinçalik inşootlar qurilişi munosabati bilan şahidlar suyak va xoklari majmua yaqinidagi Oqilota qabristoniga dafn etilgan. 1990 yillar boşida qabristonda şahidlar xotirasi uçun kiçik yodgorlik-lavha örnatilgan. Qabristonga dafn etilganlarning şaxsi noma'lum.

Facebook / Anvar Nazir

1937-1939 yillarda Özbekiston SSR Içki işlar xalq komissarligi «uçlik»lari tomonidan 41 ming nafardan ortiq kişi qamalgan. Şulardan 37 ming nafardan ortiği sudlangan, 6920 kişi otib taşlangan.

Facebook / Anvar Nazir

«Şu kunlarda özbek millati yetakçilari sovet diktaturasi tomonidan qatağon etilganiga 80 yil böldi. Ammo bu dahşatli sana haqida jamotçiligimiz hali ham töliq ma'lumotga ega emas. Masalan, 80 yil oldin nafaqat eng ilğor özbek ziyolilari qatağon etildi, qolaversa, özbek millatiga mansub bölgan yetakçi harbiylar, ilk yetakçi özbek ayollari, yetakçi özbek ulamolari ham jismonan yöq qilingandi. Sovetlarning asosiy maqsadi bitta edi, özbek millati yetakçilarini, boşqaruvçilarini qirğin qilib, millatni sovet mustamlakasi tizimiga töliq böysundiriş.