O‘zbekistonda xalqaro zamonaviy standartlar asosida mahkumlarni saqlash sharoitlari takomillashtiriladi. Bu 2018 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasining jinoyat-ijroiya tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha yo‘l xaritasida nazarda tutilgan.
Qayd etilishicha, bunda jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlarni jamoaviy saqlash o‘rniga alohida kamera tipida saqlashga bosqichma-bosqich o‘tish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.
Bu boradagi ishlar uchun IIV mas'ul etib belgilanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq mahkumlarning qarindoshlari yoki boshqa shaxslar bilan masofali video-uchrashuvi tashkil etilishi xabar qilingandi.











